Pakyaoga qarshi ringga chiqadigan engilmas bokschining nomi e’lon qilindi
WBO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Menni Pakyaoning (59-6-2, 38KO) navbatdagi raqibining nomi e’lon qilindi. Promouterlar 38 yoshli filippinlik bokschining amerikalik chempion Terens Krouford bilan jangini tashkil etishga harakat qilgandi. Biroq, bu ishni uddalab bo‘lmadi.
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum ommaviy axborot vositalarishga bayonot berib, Menni Pakyao 28 yoshli avstraliyalik bokschi Jeff Xornga (16-0-1, 11KO) qarshi jang o‘tkazishini ma’lum qildi. O‘z navbatida Xornning promouteri Din Lonergan ham bu xabarni tasdiqladi.
Ayni paytda 22 aprel kuni bo‘ladigan jang joyini kelishib olish qoldi.

- Biz uchun bu jang Avstraliyada bo‘lgani ma’qul, - dedi Din Lonergan. - Biz mana shu yo‘nalishda ishlayapmiz.
Bob Arum esa bu jangga Avstaraliyadan tashqari Yaqin Sharq mamlakatlari va AQSh ham da’vogarlik qilayotganini ta’kidladi.

Fikrlar