"Qo‘qon-1912" klubining murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Navbahor”ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin  "Qo‘qon-1912" klubi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Bugun jamoa futbolchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu safar o‘rinbosarlar tarkibi va legioner futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. "Qo‘qon-1912" klubining murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Sergey Kovshov hamda Anvar Jabborovlarning jamoa bilan shartnomalari o‘z yakuniga etdi. Ushbu mutaxassislar bilan yangi shartnoma imzolanmadi.

Bundan buyon No‘’mon Hasanovga klubning sobiq futbolchisi Aziz To‘xtaboev yordam beradi. Darvozabonlar bilan esa qo‘qon futbolining yana bir jonkuyar vakili Andrey Baklanov mashg‘ulotlarni olib boradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!