"Adu-Dhabi Chess Festival". Nodirbek Yakubboev - chempion, yana bir hamyurtimiz kuchli uchlikda

  • 24 avgust, 2024, 18:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida O‘ttizinchi Abu-Dabi Xalqaro shaxmat festivali yakuniga etdi. 14 avgust kuni start olgan musobaqada yurtimiz sharafini jami 32 nafar shaxmatchi himoya qildi. 

Mukofot jamg‘armasi jami 104 ming 50 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning "Masters", "Open A" va "Open B" guruhlarida ham bahslar yakuniga etdi. Quvonarlisi, Nodirbek Yakubboev mazkur guruhni peshqadam sifatida yakunladi. Shuningdek, Shamsiddin Vohidov kuchli uchlikdan joy oldi. 



1. Nodirbek Yakubboev - 7 ball; 
3. Shamsiddin Vohidov - 7 bapl; 
11. Javohir Sindarov - 6,5 
15. Ortiq Nig‘matov - 6,5 ball; 
47. Bahrom Bahrillaev - 5,5 ball; 
57. Abdimalik Abdisalimov - 5 ball; 
60. Saidakbar Saydaliev - 5 ball; 
69. Muhammadzohid Suyarov - 5 ball; 
100. Humoyun Begmurtov - 4,5 ball; 
136. Afruza Hamdamova - 4 ball. 

Shu tariqa, Nodirbek Yakubboev 30 ming, Shamsiddion Vohidov esa 8 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritdi. 

"Open A" guruhida yakuniy natijalar: 

24. Akobirxon Saydaliev - 6 ball; 
37. Sayyid Usmon Shamsiddin - 6 ball; 
38. Shahnoza Sabirova - 6 ball; 
58. Ikromjon Halilov - 5,5 ball; 
101. Nilufarxon Imomqo‘zieva - 4,5 ball; 
115. Mumtozbegim Mansurova - 4,5 ball; 
119. Adham Yunusov - 4,5 ball. 

"Open B" guruhidagi natijalar. Qayd etish lozim, mazkur guruhda vakilimiz Hudoyor Maraimov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi: 

1. Hudoyor Maraimov - 8 ball; 
12. Akbar Yakubboev - 7 ball; 
14. Arjin Muqumov - 7 ball; 
19. Behruz Qudratov - 6,5 ball; 
65. Azizjon Abdukarimov - 5,5 ball; 
66. Asadbek Abdulazizov - 5,5 ball; 
93. Murodbek Iskanderov - 5 ball; 
95. Asilbek Abdulazizov - 5 ball. 


 






 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!