“Alpomish” va “Barchinoy” testlari Surxondaryoda o‘tkazildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 29 yanvardagi “O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan umumiy jismoniy tayyorgarlikni belgilovchi sport me’yorlarini o‘z ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” testlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Shu munosabat bilan makur test sinovlari ilk marotaba Surxondaryo viloyatining eng chekka hududlaridan biri bo‘lgan Sariosiyo tumani aholisi o‘rtasida o‘tkazildi.

Ushbu ommaviy sport tadbirida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari hamda soha mutaxassislari ham ishtirok etib, aholining keng qatlamlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqalarni tashkil etish jarayonini sinovdan o‘tkazildi.

Musobaqa tarzida tashkil etilgan testlarni 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 100 nafarga yaqin xohlovchilar turli yosh toifalariga bo‘lingan holda bajarishdi deya xabar bermoqda, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi miatbuot xizmati.

Masalan eng yosh ishtirokchilar mokisimon yugurish, arqonda sakrash, tennis to‘pini nishonga urish, joydan uzunlikka sakrash kabi mashqlarni bajarishgan bo‘lsa, 60 yoshdan oshganlar 30 yoki 60 metrga yugurish, 3 kilometrga skandinavcha yurish, past turnikda tortilish kabi shartlarni bajarishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!