"AUSTRALIAN OPEN-2017": Sabina Melburnda g‘alaba qozondi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Mamlakatimiznig eng kuchli ikki tennischisi - Sabina Sharipova hamda Nigina Abduraimov "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi eng nufuzli to‘rt turnirdan dastlabkisi - Avstraliya ochiq chempionatining saralash musobaqasidagi ishtirkoini boshladi.
Nufuzli musobaqaning saralash turnirida jami 96 nafar tennischi ishtirok etmoqda. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova dastlabki bahsda rossiyalik Veronika Kudermetova bilan bellashdi.
Uchrashuvda hujumkor o‘yin ko‘rsatgan hamyurtimiz raqibisidan ustun keldi. Ikki soatdan oshiq davom etgan Sabina Sharipovaning 6:4, 3:6, 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Keyingi davra o‘zbekistonlik tennischi saralash musobaqasida uchinchi raqamda saralangan Xitoy Taypeyi vakilasi Kay-Chen Chang bilan raqobatlashadi.
Avstraliya ochiq chempionati saralash turnirida qatnashayotgan Nigina Abduraimova esa biroz kuchli raqibga ro‘baro‘ bo‘ldi. Hamyurtimiz xitoylik Kay-Lin Chjan bilan uch set kurashdi biroq raqibasiga 6:4, 6:7, 3:6 hisobida yutqazdi.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!