Demetrius Jonson: " Renato Moykano bilan bahs Islom Maxachev uchun yanada qiyin bo‘ladi"

  • 18 yanvar, 13:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC sobiq chempioni, amerikalik Demetrius Jonsonning Renato Moykano (20-5-1) va Islom Maxachev (26-1) jangi haqida gapirdi.

Tecno

“Ko‘pchilik kard yomonlashganini aytdi. Biroq men bu fikrga qo‘shilmayman. O‘ylashimcha, kard bundan ham yaxshilandi. So‘nggi paytlarda Moykano nimalar qilib tashlaganini ko‘rdingiz. U oxirgi 4 ta jangida ketma-ket g‘alaba qozondi. Shu bois mazkur bahs Maxachev uchun yanada qiyinroq bo‘ladi. Kurash qanday kechishini hech kim bilmaydi. Chunki Renato Islom uchun Tsarukyandan ham xavfli raqib" - dedi Demetrius Jonson o‘z blogida.

Eslatib o‘tamiz, kecha  Arman Tsarukyan jarohati tufayli Islom Maxachevga qarshi jangdan bosh tortdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!