
GAMMA MMA bo‘yicha jahon chempionatida hozircha 5 ta medalni naqd qildik
Indoneziyaning Jakarta shahrida GAMMA MMA bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
O‘smir yoshlarimiz 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bugundan kattalar o‘rtasidagi musobaqalar boshlandi. Unda Muhlisa Nabijonova, Hilola Sobirova, Ulug‘bek Rahmonov, Orif To‘xtasinov g‘alaba qozonib, keyingi baosqichga yo‘l oldi. Ertaga yana chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi.
Sportchilarimizga omad tilaymiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.
Fikrlar