Gvardiola: "Xoland gollar urish uchun yashaydi"

  • 4 noyabr, 15:20
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jurnalistlar bilan suhbatda Erling Xolandning o‘yini haqida iliq fikrlar bildirdi.

Tecno

Gvardiolaning ta’kidlashicha, Xoland Messi va Ronaldu bilan bir xil darajada o‘ynaydi. Farqi shundaki, Lionel va Krishtianu buni 15 yildan beri amalga oshirib kelmoqda.

“Erlingda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq bor, bu shunchaki aql bovar qilmaydigan holat. U gollar urish uchun yashaydi, lekin har doim ham buni 90 daqiqa davomida amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo u kabi hujumchi bo‘lmasa, jamoa qiynalardi”, — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Ma’lumot uchun, norvegiyalik forvard joriy mavsum “shaharliklar” safida APL doirasida 10 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!