Jon Isner Liondan quruq qaytmoqchi emas
Amerikalik tennischi Jon Isner Lionda ATP tomonidan o‘tkazilayotgan "Open Parc Auvergne-Rhône-Alpes Lyon" turnirining chorak finiliga yo‘l oldi.
Jon musobaqaning ikkinchi davrasida moldovalik Radu Albotga qarshi bahs olib bordi. Mazkur uchrashuvning birinchi setida tay-brekda g‘olib bo‘lgan Isner ikkinchi setda 6:3 hisobida raqibidan ustun keldi.
Shu tariqa Jon Isner musobaqaning yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda britaniyalik Kemeron Norriga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar