"Krasnodar" Odil Ahmedovdan ayrildi

  • 2 dekabr, 2016, 08:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
Rossiya premer-ligasining navbatdagi turida "Terek" jamoasi mehmoni bo‘lgan "Krasnodar" ikki etakchi futbolchisidan ayrildi va uchrashuvni 1:2 hisobida boy berdi.
 
"Krasnodar" sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov uchrashuvning 31-daqiqasida jarohat tufayli maydonni tark etdi. Yana bir taniqli futbolchi Marat Izmaylov ham o‘yinni oxirigacha o‘tkaza olmadi.
 
"Krasnodar" katta murabbiyi Oleg Fomenko har ikki futbolchi jarohat olganini ta’kidlab, ularning qachon maydonga qaytishi tibbiy ko‘rikdan keyin aniq bo‘lishini aytdi. Ungacha, "Krasnodar" Odil Ahmedov va Marat Izmaylovning xizmatiga tayana olmaydi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!