
Matip: "Liverpul" qolgan barcha o‘yinlarini yutishi shart
"Liverpul" himoyachisi Joel Matip "Kardiff" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘yin qiyin kechdi. "Kardiff" APLda qolish uchun kurashayotgani bois, bizdan ochko tortib olish uchun kurashdi. "Liverpul" qiyin va muhim g‘alabaga erishdi.
APL chempioligiga ega bo‘lishimiz uchun, "Liverpul" qolgan barcha o‘yinlarida zafar quchishi shart. Hozir "Manchester Siti"ning ochko yo‘qotishini kutib, ularga qarab o‘yin namoyish qila olmaymiz. Bu esa jamoamizning xatoga yo‘l qo‘yishiga sabab bo‘lishi mumkin", - degan Matip so‘zlaridan keltirmoqda The Sun.
Fikrlar