
“Men G‘olib” musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
3 yanvar kunidan Yugur.uz platformasida “Men G‘olib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
“Men G‘olib” yugurish musobaqasining o‘zi 12 yanvar kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tadi, u erda mamlakat qurolli kuchlarining mingdan ortiq vakillari, kuch tuzilmalari xodimlari, professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar to‘planishadi.
Tadbirning asosiy tashkilotchisi O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Bosh hamkor sifatida “O‘zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati ishtirok etmoqda.
Vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi 3 km va 10 km masofada o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar uchun slotlarni 8 yanvargacha Yugur.uz platformasidagi havola orqali sotib olish mumkin.
Yugurish ishqibozlari yakka tartibda, idoraviy tuzilmalar uchun jamoaviy musobaqalar tashkil etiladi.
Fikrlar