Merab Dvalishvili: "Umarga qarshi oktagonga chiqishga roziman. Ammo..."
O‘ta engil vaznda UFC chempioni Merab Dvalishvili chempionlik jangiga kim munosib ekanini aytdi.
"UFC meni Umar Nurmagomedov bilan jangimni xohlayotganga o‘hshaydi. Bir UFC emas, barcha muxlislar istayotganini sezyapman. Mayli, nima ham derdim?! Umarga qarshi oktagonga chiqishga roziman. Ammo bir narsani aytishim kerak. Chempionlik jangiga Nurmagomedovdan ko‘ra Deyvison Figeredo ko‘proq munosib edi", - dedi amaldagi UFC chempioni.
Eslatib o‘tamiz, 15 sentyabr kuni AQSh da bo‘lib o‘tgan "UFC 306" turnirida Merab Dvalishvili Shon O'Mellini hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra engib, o‘ta engil vazndagi UFC kamarini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar