«Real» futbolchilari o‘z-o‘ziga jarohat etkazyapti?! Shu rostmi?

  • 21 fevral, 2021, 22:13
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Eden Azar, Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Marselo, Federiko Valverde, Alvaro Odriosola. Bu yigitlar hozir «Real»ning lazaretida ekanligidan xabaringiz bor. So‘nggi paytlarda «qaymoqranglilar» safida jarohat olganlar soni ortib ketishi, muxlislar tomonidan keskin tanqid ostiga olingan. Ular klub futbolchilarini mashg‘ulotlar chog‘ida keragidan ortiq yuklama olgani bunga asosiy sabab deb hisoblamoqda.

Ayniqsa, klubning ijtimoiy tarmoqlarida, shu mavzu asosida yozilgan "negativ komment"lar soni bir milliondan ortib ketdi. Aslida, qiziqqon ispan muxlislari uchun bu odatiy hol. Ular Madrid jamoasini qo‘llab-quvvatlashi va tanqid qilishi mumkin, ammo ushbu video omma yuzini ko‘rgach, muxlislar «Real»ning jismoniy tayyorgarligiga javob beruvchi murabbiylarni keskin tanqid qilishni boshladi.

Futbolchilarning ushbu trenajerda biroz o‘zgacha mashq qilayotgani sizga g‘alati tuyulgan bo‘lishi mumkin. Ko‘plab mutaxassislar ham aynan ushbu jismoniy mashqlar haqida o‘z fikrini bildirdi.

Aslida, ushbu mashqning klassik ko‘rinishi bunday:

«Real» muxlislari videoni tomosha qilgach, noto‘g‘ri  o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar sababli, futbolchilar jarohat olmoqda, degan xayolga kelib qolgani rost. Aslida ham shundaymi?!

Umuman olganda, barchasi muxlislar o‘ylaganidek emas. «Qirollik klubi» futbolchilarining har biri o‘zi uchun belgilangan normadagi mashqlarni bajaradi. Ularning jismoniy holati, maydondagi pozitsiyasiga qarab yuklamalar beriladi. Siz yuqorida ko‘rgan videodagi mashq aslida tizza va boldir suyaklarining mustahkam bo‘lishi uchun tatbiq etilgan. Boshqa sportchilar oyoq suyaklarining mahkamroq bo‘lishi uchun ko‘proq shtanga bilan o‘tirib-turishni afzal ko‘radi.

Bu mashqlar, asosan, futbolchilarning maydondagi tezligini oshirish uchun o‘ylab topilgan bo‘lib, uni murabbiylar polimetrika, deb atashadi. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, ushbu mashq davomida oyoq mushaklarining barchasi yuklama oladi. Polimetrikani me’yorida bajarish, 30 yoshdan keyin suyakdagi zaiflikning oldini oladi. Shu yo‘sinda, yoshi kattaroq futbolchilar tezlik pasayib ketmasligi uchun polimetrikaga murojaat etadi.

Bunday mashq qilish chog‘ida, tizza suyaklarida muammolar yuzaga kelmaydimi? O‘rinli savol. Oddiy insonlar uchun bu mashq jarohat etkazishi mumkin, biroq professional futbolchilarning organizmi buni bemalol ko‘tara oladi. Ularda yuklamalarga shakllangan immunitet mavjud. E’tibor bergan bo‘lsangiz, futbolchilar tizzasini oxirigacha bukmayapti. Shu yo‘sinda, ular jarohat olishdan o‘zlarini ehtiyot qilmoqda.

Taniqli fitnes murabbiylarining ma’lum qilishicha, ushbu mashqlar futbolchilarni ikkinchi qavatda faol bo‘lishi va qisqa masofaga katta tezlik ko‘rsatishi uchun juda ham foydali. Umuman olganda, klub muxlislar o‘ylaganidek, noto‘g‘ri mashg‘ulot o‘tkazmayapti.

«Real»ning jismoniy tayyorgarligiga javob beruvchi murabbiy kim?

erkogkerogker

Gregori Dyupon haqida eshitmagan bo‘lishingiz mumkin, biroq u yaqindagina Frantsiyani JChda g‘alaba qozonishi uchun katta hissa qo‘shganlardan biri sanaladi. Dide Deshamning shtabida faoliyat olib borgan Dyupon, avvalroq, «Lill» bilan Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Aynan u Eden Azarni yangi darajaga ko‘tarilishiga yordam bergan.

Uni Zidanga shaxsan Desham tavsiya qilgan. Dyuponni futbol olamida «olim», deb atashadi. Gap shundaki, Gregori Liverpul shahridagi sport universitetida dars beradi. Bundan tashqari, Gregori UEFAning jarohatlarga qarshi kurashuvchi bo‘limida faoliyat olib boradi.

«Hozirda futbol uchrashuvlarining qiymati ortib ketgan. Har bir o‘yin yaxshigina daromad keltirmoqda. Shu bois, futbolchilar ishtirok etishi kerak bo‘lgan uchrashuvlar soni ortib bormoqda. Professional futbolchining organizmi to‘liq tiklanishi uchun 72 soat kerak bo‘ladi. Agar bu qoidaga rioya qilinmasa, ular yil mobaynida kamida ikki bor jarohat olishi aniq».

kgweokweogk

Dyupon nafaqat mashg‘ulotlar, balki o‘z jamoasi a’zolarining ratsionlarini ham belgilab beradi. Qanday mahsulotlarni qaysi paytda iste’mol qilish kerakligini ham u belgilab berishi shart. JCh oldidan Dyupon so‘nggi ro‘yxatga kiritilgan futbolchilarning barchasiga qanday taomlar mumkin, qaysi biri mumkin emasligi haqidagi 14 betli qo‘llanma tarqatib chiqqan. Mutaxassis, shogirdlari 10 soat uxlashi uchun ularning mehmonxonadagi xonalarini ham o‘zi tanlab beradi.

Frantsiya terma jamoasi futbolchilarining aytishicha, u kun davomida ichilgan suvlarning haroratini ham belgilab berishga odatlangan. Dyupon o‘z ishining chinakam ustasi. U kichik detallarni ham ko‘zdan qochirmaydi. O‘zi ham sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchilardan. Qahramonimiz har kuni soat 5:30 da uyg‘onadi va kun davomida velosipedda 40 km yo‘lni bosib o‘tadi.

O‘tgan yozda «Real»ga kelgan murabbiy, pandemiya chog‘ida ham jim o‘tirmadi. U klubning har bir a’zosi bilan onlayn kurs o‘tkazdi va ularga qanday mashqlarni bajarish borasida ko‘rsatma berib turdi. Chempionat o‘yinlari yana davom etgach, «Real» barcha uchrashuvlarni g‘alaba bilan yakunladi va chempionlikni «Barselona»dan tortib oldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, klub muxlislari xavotir olmasa ham bo‘ladi. Futbolchilar ishonchli qo‘llarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!