
Ronaldu hozirgacha "An-Nasr"da nechta gol urgan?
Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” safidagi 30-golini urdi.
Ar-Riyod klubi Saudiya Arabistoni chempionatining 8-turida “Al-Tai”ni safarda (2:1) portugaliyalik 38 yoshli hujumchining samarali uzatmasi va penaltidan kiritgan goli evaziga mag‘lub etdi.
Bu gol Ronaldu uchun Saudiya klubi safida 34 ta o‘yindagi 30-gol bo‘ldi. Uning hisobida 8 ta golli uzatma ham bor.
Bundan tashqari, u klub miqyosida o‘zining 730-golini va butun faoliyatidagi 854-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalroq, Krishtianu “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus”da o‘ynagan.
Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U gol+pas tizimida eng yaxshi to‘purar va etakchi hisoblanadi.
Fikrlar