
Xaver Mendes: "Bu jang Maxachev uchun qiyin bo‘ladi"
Murabbiy Xaver Mendes engil vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachev(26-1)ning Arman Tsarukyan(22-3)dan so‘ng kim bilan jang qilishini aytdi.
"Maykl Chendler chempionlik poygasiga qaytib, etakchi bo‘lmoqchiligini malum qildi. Menga esa uning bu gaplari juda yoqdi. Agar "UFC 309"da Chendler Charlz Oliveyrani engsa, navbatdagi raqibi Islam bo‘lishi mumkin. Menimcha, bu baxs Maxachev uchun qiyin kechadi" , - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xaver Mendes Islam Maxachevning jarohati jiddiyligi bois Arman Tsarukyanga qarshi bahs qoldirilishini xabar bergandi.
Fikrlar