
Zidan jiddiy klubda ish boshlashi kutilyapti
Zinedin Zidan uch yarim yildan beri ishsiz yuribdi. U murabbiylik faoliyati davomida faqatgina ikki marta “Real”ni boshqargan xolos.
Har yili unga grand klublardan jiddiy takliflar bo‘ladi. Biroq frantsiyalik mutaxassis shu paytgacha Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyligini kutib, klublar chorlovini qabul qilmayotgan edi.
Transfer News Live va Fichajes kabi manbalarning ma’lum qilishicha, PSJ xo‘jayinlari Zidanni bosh murabbiylikka olib kelmoqchi.
Agar Parij klubi Evropa Chempionlar ligasiganing pley-off bosqichiga chiqa olmasa, hozir jamoani boshqarayotgan Luis Enrike iste’foga chiqariladi.
Zinedin Zidanning o‘zi ham murabbiylik faoliyatini qayta tiklash va taklif bo‘lsa, biror jamoani boshqarishga tayyorligini bildirgan edi.
Fikrlar