14 karra jahon chempioni yaponiyalik "Monstr" haqida eshitganmisiz?

  • 29 mart, 2020, 21:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Jahon professional boks olamida yaponiyalik charmqo‘lqop ustalari ham asta-sekin o‘z o‘rnini topib bormoqda.  Jumladan, Rioto Murata, Ryosuke Ivasa, Ken Shiro, Keyta Obara yana bu ro‘yxatni davom ettirish mumkin. Lekin kunchiqar yurtda yana bir bokschi voyaga etganki, u nafaqat Yaponiya, balki butun dunyoni lol qoldirishda davom etmoqda.

Tecno

Ha, professional boksning ashaddiy ishqibozlari gap kim haqida ketayotganligini allaqachon angladi.

Bu yaponiyalik “Monstr” nomi bilan mashhur Naoya Inouedir.

Biz yapon bokschisining hozirga qadar, bosib o‘tgan yo‘liga nazar tashladik...

Inoue

  - U professional faoliyatini 2012 yil boshlaydi va “Ohashi Boxing Gym” bilan shartnoma imzolaydi. Inoue promouteri bilan hech qachon oson raqib bilan jang qilmaslikka kelishadi.

- Dastlabki janglarini 49 kg gacha bo‘lgan vaznda o‘tkazib, Jerson Mancio (18- 3- 3), Ryoichi Taguchi (18- 1- 1), Yuki Sano (17 -2- 4), Bunnam Txammakxun ( 9 -10- 0), Krison Omayao (16- 4 -1) kabi kuchli raqiblarini birin ketin muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratadi.

- 2014 yil Naoya 6 - janggida 51 kg vazn toifasida WBC chempioni Adrian Xernandesni mag‘lub etib, ilk jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi.

- Bitta himoya jangidan so‘ng, u vazn ko‘tarishga qaror qiladi va kuchli raqibi 52 kg da WBO chempioni Omar Andres Narvaes (43-1-2) ni mag‘lub etish barobarida navbatdagi vaznning chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi.

- U ushbu kamarni 7 bora himoya qilib, barcha raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ladi. Endi u 53.5 kg vaznda WBA kamari uchun "ovga chiqadi". Raqib Jamie McDonnell (20-1-0) qahramonimizga 1 round ham dosh bera olmaydi.

- Ushbu g‘alabadan keyin Inoue WBSS super seriyasida ishtirok etishni maqsad qiladi va chorak finalni 2018 yil 7-noyabrda Xuan Karlo Payano (20-1- 9 KO) ga qarshi o‘tkazadi. Yana avalgi jangdagi holat 1- round 70 soniya va nokoautli g‘alaba!

- Yarim finalni 2019 yil 18 mayda Shotlandiyaning Glazgo shahrida Emmanuel Rodriges (19-0, 12 KO) ga qarshi o‘tkazadi. Bu vaznda WBO chempioni Zolani Tete yarim finalda musobaqani tark etgani sababli, ushbu jangga “The Ring “chempionlik kamari ham tikiladi . Jang 2 raund davom etadi. Rodriges 3 marotaba ringga qulaydi va nokout... Inoue WBA chempioni!

Uning WBSS dagi finali Nonito Donierga qarshi 7-oktyabrda Yaponiyada o‘tkazilishi belgilanadi. Anchagina shiddatli kechgan bahsda Inoue ochkolar hisobida g‘alabani qo‘lga kiritadi va IBF kamarini ham o‘ziniki qilib oladi.

Shunday qilib, u 19 jangning barchasida g‘alaba qozonib, raqiblarini 16 bora nokautga tushiradi. Natijada 3 vazn toifasi, 4 yo‘nalishda 14 karra jahon chempioni degan nomga erisha oldi.

naoya1

Kunchiqar yurt vakilining navbatdagi jangi 25 aprel kuni AQSh ning Nevada shtatida WBO yo‘nalishi chempioni Jon Riel Kasimero (29-4-0-20 KO) ga qarshi belgilangandi. Mazkur jangda unga tegishli bo‘lgan, WBA, IBF kamarlari tikilgan edi. Afsuski, koronovirus pandemiyasi sababli ushbu to‘qnashuv ham qoldirildi.

Darvoqea, Naoya “Top Rank” promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi.

Xullas, shunaqa gaplar... Bizni kuzatishda davom eting, sizlar uchun “tesha tegmagan” ma’lumotlar berib borishga harakat qilamiz.

Boxer TV kanali bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!