
16-tur, 16 avgust va 16 ochkolik jamoalar yoxud 2-davrani 2 ta mag‘lubiyat bilan boshlagan "Bunyodkor" "Lokomotiv" maydonida 8 yildan beri yutolmayapti!
Superliganing 16-turida navbatdagi o‘yinlar davom ettiriladi. Jumladan, 16 avgust sanasida Toshkent derbisida “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” o‘zaro bellashadi.
Hozirgacha jamoalar 32 marta to‘qnash kelishgan. O‘rtada aytarli katta farq yo‘q. “Lokomoiv” hisobida 11 ta, “Bunyodkor”da esa 13 ta g‘alaba bor. 8 ta bahsda kuchlar teng kelgan. “Lokomotiv” 40 ta gol urib, o‘z darvozasidan 45 ta to‘p olib chiqqan. Birinchi davrada “Bunyodkor” o‘z maydonida “temiryo‘lchilar”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
E’tiborlisi, “Bunyodkor” 8 yildan beri “Lokomotiv” maydonida g‘alaba qozona olmayapti. Oxirgi marta 2014 yili safardan 1:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan.
Ayni paytda ikkala klub 16 ochko bilan 9 va 10-o‘rinlarni bo‘lishib turishibdi. “Loko”dan farqli o‘laroq, “Bunyodkor” ikkinchi davrani ikkita mag‘lubiyat bilan boshladi. G‘alaba uchun qattiq jang kechishi aniq.
Fikrlar