18:00 da "UFC 254" turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlanadi... Jonli ravishda tomosha qiling!
Butun jahon sport ommasining diqqat markazida turgan "UFC 254" turniriga ham uch kun vaqt qoldi. Mazkur jang kechasining markaziy jangida UFC engil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov hamda ushbu vaznning muvaqqat chempionlik kamari sohibi Jastin Getjilar to‘qnash keladi. Shuningdek, bir qator qiziqarli janglar ham bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang kechasida hamyurtimiz Liliya Shakirova ham promoushendagi debyut jangini o‘tkazadi.
Albatta, ushbu kecha avvalida jangchilar ishtirokidagi an’anaviy matbuot anjumani ham o‘tkaziladi. Mazkur tadbir bugun, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Quyidagi havola orqali esa, ushbu anjumanni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin.



Fikrlar