19 yoshli bokschimiz super zarba bilan raqibini 35 soniyada chuqur nokautga tushirdi

  • 18 noyabr, 2020, 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Rossiyaning Krasnodar shahrida professional boks kechasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada turli mamlakatdan kelgan jami 24 nafar charm qo‘lqop ustasi o‘z vazn toifasida reyting janglarini o‘tkazdi.

Turnir dasturidan joy olgan beshta jangda O‘zbekiston bokschilari ringga ko‘tarildi.

Muzaffar Rasulov sakkiz raundlik reyting jangida professional ringda 36 ta bellashuvda ishtirok etgan rossiyalik Marat Xuzeev bilan kuch sinashdi. Ta’kidlash joizki, Marat Xuzeev faoliyati davomida Shohjahon Ergashev, Konstantin Ponomaryov, Saul Alvares, Seljuk Aydin, Viktor Plotnikov kabi yulduz darajasidagi bokschilar bilan ham jang qilgan.

Muzaffar nomdor raqiblar bilan bellashuvda katta tajriba to‘plagan raqibiga qarshi hujumkor taktika tanladi va uchinchi raundda qaqshatqich zarbasi mo‘ljalga aniq tegdi. Natijada mezbon bokschi jangni davom ettira olmadi. O‘zbek bokschisi foydasiga texnik nokaut yozildi.

Shu tariqa, Rasulov hisobidagi g‘alabalar sonini beshtaga etkazdi. 23 yoshli bokschimizning rekordida ochkolar hisobiga boy berilgan ikkita uchrashuv ham bor.

muzaffar

22 yoshli Mirzamuhammad Hikmataliev professional ringdagi to‘qqizinchi jangini tojikistonlik Xudoydod Yoqubiyga qarshi o‘tkazdi. Olti raund qilib belgilangan bahs o‘rtalarida  hamyurtimizning texnik nokaut qayd etishi oqibatida jang muddatidan oldin tugadi. Mirzamuhammad g‘alabalari sonini oltitaga etkazib oldi.

xikmataliev

Farrux Jo‘raevning jangi to‘liq – olti raund davom etdi. Rossiyalik Nikita Solonin bilan bellashgan yurtdoshimiz barcha raundlarda o‘z mahoratini namoyish eta oldi. Hakamlarning barchasi o‘z hisob-kitoblarida o‘zbek bokschisi ko‘proq aniq zarba berganini qayd etdi. Natijada Farrux oltinchi g‘alabasiga erishdi. Uning hisobida to‘rtta mag‘lubiyat va bitta durang ham bor. Uchinchi bor professional ringga chiqqan Nikita esa ilk bor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

Rossiyada shug‘ullanayotgan Eldor Abduqodirov  o‘tgan yili faoliyatini ketma-ket ikkita g‘alaba bilan boshlagan edi. Biroq, yangi yil oldidan kutilmaganda uchinchi jangini boy berdi. Nihoyat qariyb bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rgan bokschimiz yana g‘alabaga erishdi.

Tajribali raqib – rossiyalik  Roman Klemeshovga qarshi to‘rt raundlik bellashuvda iste’dodini namoyon etgan 23 yoshli sportchimiz katta ustunlik bilan zafar quchdi. Uchrashuv davomida raqibining boshiga orqa tomondan zarba bergani uchun hakamlar Eldordan ochko olib tashladi. Shunga qaramay, barcha raundlar bokschimiz foydasiga hal bo‘ldi.

eldor

Yosh professional bokschimiz Ulug‘bek Qayumboevning iste’dodi ko‘plab muxlisu mutaxassislarni o‘ziga qaratmoqda.

Professional boksdagi faoliyatini shu yilning iyun oyida boshlagan 19 yoshli bokschimiz juda kuchli zarbaga ega. Rossiyada professionallar o‘rtasidagi janglarda qatnashayotgan hamyurtimiz  shu kungacha ikkita bellashuvda ringga chiqib, raqiblarini nokaut qilgandi.

500_5f002a5281b66

Krasnodardagi musobaqada u Rossiya vakili Roman Zimon bilan raqobatlashdi.  Hamyurtimizga g‘alaba uchun 35 soniya kifoya qildi. U o‘ta kuchli zarbasi bilan raqibini chuqur nokautga uchratdi va ketma-ket uchinchi jangini muddatidan oldin yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!