
2 aprel kuni Anchelottini sud qilishadi
Ispaniya chempionatida g‘oliblik uchun kurashayotgan “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2 aprel kuni Madrid sudida ishtirok etishi talab qilinmoqda.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, 2014 va 2015 yillarda 1 062 079 evro miqdoridagi soliqlarni to‘lamaganlikda ayblanmoqda.
Italiyalik mutaxassimning o‘zi maslahatchilari unga to‘liq va to‘g‘ri maslahat bermagani bois, 2014 yili soliq to‘lashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yganini tan olgan.
Shunga qaramay, Anchelotti 2015 yil uchun e’lon qilingan ayblovlarni rad etmoqda. Chunki tajribali mutaxassis 2015 yili “Real”da bosh murabbiylik faoliyatini olib bormaganini va Ispaniya hududia Soliq boshqarmasi talablari qo‘llaniladigan darajada uzoq muddat qolmaganini iddao qilmoqda.
Fikrlar