
2 nafar og‘ir atletikachimiz qit’a chempionligi uchun bahs olib borishadi
Bugun Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kun dasturi bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun doirasida 2 nafar vakilimiz medallar uchun bahs olib borishadi.
Erkaklar o‘rtasida vazni -73 kilogarmmgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari sovrindori Doston Yoqubov bahslarga kirishsa, qizlarimizdan Muattar Nabieva -55 kg vazn toifasida o‘z omadini sinab ko‘radi.
Og‘ir atletika bo‘yicha OCh. Ninbo, Xitoy
-73 kg: Doston Yoqubov. Boshlanish vaqti – 12:50
-55 kg: Muattar Nabieva. Boshlanish vaqti – 15:20.
Fikrlar