2007 yilgi Osiyo chempioni O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish taklifini rad etdi

  • 12 iyun, 2020, 15:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi o‘zining sahifasida terma jamoamizning Iroq bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha taklifi qondirilmaganini ma’lum qildi.

Tecno

Iroqlik hamkasblarning yozishicha, mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets O‘zbekiston termasi bilan 8 oktyabr kuni Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha taklifini rad etgan. Sababi, agar ushbu uchrashuv o‘tkazilsa, iroqliklar O‘zbekistandan Gonkongacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. U erda 13 oktyabr kuni JCh-2022/Osiyo kubogi-2023 saralashidan o‘rin olgan rasmiy o‘yin o‘tkazishlari lozim, - dedi Alisher Nikimbaev.

Eslatib o‘tamiz, Iroq terma jamoasi 2007 yili Osiyo chempionligiga erishgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!