2019 yil oxiriga qadar professional boks olamida qanday muhim janglar bor? (Anons)

  • 10 noyabr, 2019, 17:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yakunlanib borayotgan 2019 yilda professional boks olamida juda ko‘p muxim janglar bo‘lib o‘tdi. Bu borada yaxshi xabardorsiz. Yangi yil kirib kelishiga ham deyarli bir yarim oy vaqt qoldi. Ushbu vaqt mobaynida profi ringda yana bir qator ajoyib to‘qnashuvlarni kuzatishimiz mumkin. Quyida ushbu juftliklarni e’tiboringizga havola etamiz.

23 noyabr
AQSh, Las-Vegas,
MGM Grand.

Deontey Uaylder (44-0-1) – Luis Ortiz (31-1-0)

Mazkur jang super og‘ir vazn toifasida bo‘lib o‘tishini ko‘pchilik boks ixlosmandlari yaxshi bilishsa kerak. O‘rtada WBC kamari qo‘yilgan. Ma’lumki, ushbu titul Deontey Uaylderga tegishli. Yana bir ahamiyatga molik jihati ushbu qarama-qarshilik revansh jangi hisoblanadi. Ularning o‘zaro birinchi jangi 2018 yil 3 martda bo‘lib o‘tgandi. Unda Uaylder kubalik Ortisni texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

o750_400_optim_m_0039860b8f1d4502fa81743dfb0f9b09

7 dekabr

Saudiya Arabistoni , Ar-Riyod.

Endi Ruis (33-1-0) -Entoni Joshua (22-1-0)

Bu to‘qnashuv ham super og‘ir vazn toifasida bo‘lishi barchaga ma’lum. Qolaversa, revansh jangi ekanligidan ham xabaringiz bor. Ma’lumki, o‘rtaga  IBF, WBO, WBA kamarlari tikilgan. Birinchi jang joriy yilning birinchi iyunida AQShda bo‘lib o‘tgandi. Mashhur “Madison Square Garden” arenasida meksikalik baqaloq go‘yoki engilmas deya e’tirof etilgan Entoni Joshuani tavbasiga tayantirib qo‘ygandi. Xullas, 7 dekabr kuni Ruis avvalgi jang tasodif emasligini isbotlashga Joshua esa buning aksini ko‘rsatishga harakat qiladi.

621f8dda526e776112b27a95e58b1c815cf3d4a683d93517586331

14 dekabr

Latviya, Riga.

Mayris Briedis(26-1-0) – Yuniel Dortikos(24-1-0)

Og‘ir vazn (-90 kg) toifasida bo‘lib o‘tadigan ushbu jang, kamarlarni birlashtiruvchi maqomida bo‘ladi. Ya’ni latviyalik bokschi WBO kamari, Dortikos esa IBF ning amaldagi egasi hisoblanadi. Mazkur jang g‘olibi o‘z-o‘zidan ayonki, ikki yo‘nalish chempioniga aylanadi.

briedis_dorticosss

14 dekabr

AQSh, Las-Vegas, Madison Square Garden”

Richard Kommi (29-2-0) – Teofimo Lopes (14-0-0)

Har ikki bokschi engil vazn (-61 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazadi. To‘qnashuv IBF kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Ushbu titulning amaldagi egasi Richard Kommi hisoblanadi.

273337

14 dekabr

AQSh,  Nyu-York, Medison-skver-garden.

Terens Krouford (36-0-0) – Egidiyus Kavalyauskas (21-0-0)

Mazkur jang yarim o‘rta vazn (-66 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi. Har ikkisi profi ringda mag‘lubiyat bilmagan. Ushbu to‘qnashuv WBO kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Ayonki, da’vogar litvalik Kavalyauskas hisoblanadi. Terens esa o‘zining chempionlik kamarini himoya qiladi.

hqdefault_5

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!