2019 yilning eng yaxshi to‘purari unvoni uchun nomzodlar aniq

  • 4 dekabr, 2019, 01:20
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Robert Levandovski Lionel Messi, Raxim Sterling va Kilian Mbappeni ortda qoldirib Evropa chempionatlarida to‘p surayotgan futbolchilar ichida eng ko‘p gol urish bo‘yicha birinchi o‘rinda bormoqda, deya xabar bermoqda UEFA rasmiy sayti.

Tecno

O‘tgan mavsumda polyak Leo Messi va Krishtianu Ronaldudan so‘ng ushbu ro‘yhatning uchinchi o‘rinini egallagandi, ammo hujumchi bu yil 50 lik dovonni birinchi bo‘lib bosib o‘tdi va raqobatchilaridan ilgarilab ketdi. Unga etib olish imkoniyati faqat "Barselona" hujumchisidagina saqlanib qoldi.

2019 yilning eng yaxshi to‘purarlari:

51 gol (54 o‘yin): Robert Levandovski ("Bavariya" va Polsha terma jamoasi)
46 gol (54 o‘yin): Lionel Messi ("Barselona" va Argentina)
38 gol (55 o‘yin): Raxim Sterling ("Manchester Siti" va Angliya)
36 gol (43 o‘yin): Kilian Mbappe ("Pari Sen-Jermen" va Frantsiya)
35 gol (45 o‘yin): Erik Sorga ("Flora"/Estoniya)
35 gol (49 o‘yin): Serxio Aguero ("Manchester Siti" va Argentina)
34 gol (45 o‘yin): Krishtianu Ronaldu ("Yuventus" va Portugaliya)
33 gol (45 o‘yin): Karim Benzema ("Real")
33 gol (56 o‘yin): Sado Mane ("Liverpul" va Senegal)
32 gol (41 o‘yin): Garri Keyn ("Tottenxem" va Angliya)
31 gol (54 o‘yin): Brunu Fernandesh ("Sporting" va Portugaliya)
31 gol (57 o‘yin): Dushan Tadich ("Ayaks" va Serbiya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sherbek Osginov
04/12/2019 05:54
Ronaldoning davri turadi. ????