2021 yildan O‘zbekistonga OChLda nechta joy ajratilishi ma’lum. Endi yurtimiz nomidan OFK Kubogida ham jamoa bo‘ladi

  • 29 iyul, 2020, 10:32
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2021 yilgi mavsumdan boshlab, O‘zbekiston klubi nufuzi jihatdan OChLdan keyingi o‘rinda turuvchi OFK kubogi bahslarida qatnasha boshlaydi. Bu haqda Tribuna.uz manbasi manbasi ma’lum qildi.

Manbaning xabariga binoan, OFK barcha federatsiyalar qatorida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga bu haqda xat yo‘llab, ma’lum qilgan.

Yangi mavsumdan boshlab, O‘zbekistonga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi va pley-off saralash bosqichida bittadan o‘rin ajratiladi. Yana bitta joy esa OFK kubogi guruh bosqichiga ajratiladi.

Xususan, 2020 yilgi Superliga chempioni OChL guruh bosqichiga, O‘zbekiston kubogi g‘olibi OChL pley-off saralash bosqichiga, Superligada 2-o‘rinni egallagan jamoa esa OFK kubogi guruh bosqichiga yo‘llanma oladi.

Yana bir e’tiborli jihati, 2021 yildan Osiyo chempionlar ligasida guruhlar soni 10tani tashkil qilib, ular Sharq va G‘arb mintaqasiga 5tadan taqsimlanadi. Buning evaziga Tojikiston va Turkmaniston chempionlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. OFKning ushbu kvotalari ikki yil - 2021 va 2022 yilgi mavsumgacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda OFK O‘zbekiston klublariga OChLda 1+2 shaklida o‘rin ajratgandi. «Paxtakor» guruh bosqichida ishtirok etayotgan bo‘lsa, «Lokomotiv» va «Bunyodkor» saralash bosqichidan o‘ta olmay, turnirni tark etgandi.

Osiyo chempionlar ligasi uchun mamlakatlarga ajratilgan o‘rinlar:

0lBwKaJNLX68aD8YP5NFetTmcFo1Wk

OFK kubogi uchun mamlakatlarga ajratilgan o‘rinlar:

sjTtUcCGKqEz6CNdiJy6SlF5hvIYAr

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Aloneray
30/07/2020 01:11
Oʻzbek futboli chunchalik qoloqki Fillipin bn bir xil kvota berilibdi undan koʻra futbolni yigʻishtirila bunaqa har yili sharmanda boʻlgandan koʻra! Kelila boksga balet qilaylik!