
2023 yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Lionel Messi nufuzli "Goal" portali talqiniga ko‘ra 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Reytingning ikkinchi qatorida o‘tgan yili eng ko‘p gol urgan va "Manchester Siti"ning treblga erishishga yordam bergan Erling Xoland joy oldi. Kuchli uchlikni Jud Bellingem yakunlab turibdi.
Kuchli o‘ntalikka, shuningdek, Kilian Mbappe, Kevin de Bryuyne, Harri Keyn, Muhammad Saloh, Vinisius Junior, Luka Modrich va Bernardu Silva kiritilgan.
Fikrlar