Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2025-yilda dunyoda eng yuqori daromad olgan futbolchi deb topildi. Bu haqda Forbes nashri e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu 2025/26-yilgi mavsumda nasrliklar safida 230 million dollar ishlab topadi. Ushbu summa klub bilan tuzilgan tijoriy kelishuvlar va maoshni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, portugaliyalik yulduz homiylik shartnomalaridan yana 50 million dollar daromad ko‘radi. Shu tariqa, 40 yoshli futbolchining yillik umumiy daromadi 280 million dollarni tashkil etadi.
Reytingda ikkinchi o‘rinni "Inter Mayami" (AQSh) hujumchisi Lionel Messi (130 million dollar) egallagan. Uchinchi pog‘onada esa "Al-Ittihod" (Saudiya Arabistoni) a’zosi Karim Benzema (104 million dollar) joylashgan.
"Forbes" talqiniga ko‘ra, 2025-yilning eng ko‘p daromad olgan futbolchilari:
-
Krishtianu Ronaldu — 280 million dollar
-
Lionel Messi — 130 million dollar
-
Karim Benzema — 104 million dollar
-
Kilian Mbappe — 95 million dollar
-
Erling Xoland — 80 million dollar
-
Vinisius Junior — 60 million dollar
-
Muhammad Salax — 55 million dollar
-
Sadio Mane — 54 million dollar
-
Jud Bellingem — 44 million dollar
-
Lamin Yamal — 43 million dollar
Fikrlar