23 may kuni O‘FAda “Real Madrid” akademiyasi menejerlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi

  • 21 may, 2018, 11:21
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol federatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov hamda "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko uchrashuvi doirasida Real Madrid Foundation va O‘FA o‘rtasida hamkorlik masalasi bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. 

Tecno

Ushbu kelishuvga ko‘ra Real Madrid akademiyasing “Clinics” dasturi doirasida O‘zbekistonda va Ispaniyada bolalar va murabbiylar kursini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Shu maqsadda ertaga 22 may kuni yurtimizga “Qirollik klubi” akademiyasining menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyurishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Tashrif doirasida "Real Madrid" akademiyasi menejerlarining O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Shuningdek, 23 may kuni soat 11:00 da O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining anjumanlar zalida Andres Antonio va Xuan Pablolar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!