
25 iyun kuni tongda ikki O‘zbekiston vakili AQShda oktagonga ko‘tariladi. Ular vazn me’yorini bajarishdi (Video)
25 iyun kuni tongda o‘zbekistonlik Bobir Tagiev hamda Firdavs Hasanov AQShning Michigan shahrida “Clip MMA” promousheni tomonidan tashkil etiladigan turnirda navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Bobur Tagievning bu safargi raqibi mezbon Mayk Jonson bo‘lsa, Firdavs Hasanov (8-4) yana bir amerikalik Kris Jonsonga (7-14) qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bobur Tagiev engil vazn (70,3 kg) toifasida okatagonga ko‘tariladi. Hasanov esa o‘ta engil vaznda (61,2 kg) jang qiladi.
Bugun ushbu jang avvalida vazn o‘lchash va face to face marosimi bo‘lib o‘tdi. Yurtdoshlarimiz vazn me’yorini bajarishdi. Barchasi joyida va ular 25 iyunga o‘tar kechasi o‘z janglarini o‘tkazadi.
Fikrlar