
29 yoshli murabbiy Mourinodan zo‘rligini isbotlab qo‘ydi
“Tottenxem” rahbariyati Joze Mourinoni bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarganidan so‘ng, portugaliyalik mutaxassisning murabbiylar shtabi ham tarqatib yuborildi.
Angliya premer-ligasining navbatdagi turida jamoani “Sautgempton”ga qarshi o‘yinga Rayan Meyson tayyorladi.
Yangi murabbiy qo‘l ostida “Tottenxem” futbolchilari 2:1 hisobida irodali g‘alaba erishdi.
O‘yin kuni 29 yoshu 312 kunlik bo‘lgan Rayan Meyson Angliya premer-ligasi tarixida eng yosh bosh murabbiy sifatida tarixga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.
Meyson futbolchilik faoliyatini London klubida boshlagan va 2009-2016 yillar davomida “Tottenxem” safida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib ikkita gol urgan. Keyinchalik boshqa jamoalarda o‘ynagan Rayan 2018 yildan “Tottenxem” akademiyasining murabbiyi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Fikrlar