
35 yoshli ispaniyalik darvozabon "Manchester Siti"ga o‘tadi
“Manchester Siti” klubi “Eybar” darvozaboni Aser Riesgo bilan kelishuvga erishdi. Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu borada tez orada rasman e’lon qilinadi.
Ta’kidlash kerakki, 35 yoshli posbon o‘tgan mavsum “Eybar” safida zaxirada qolib ketdi. U endi “shaharliklar”ning 3-darvozaboniga aylanadi.
Riesgo “Siti” bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. Ushbu kelishuvga ko‘ra u faoliyatini yakunlagach, “shaharliklar” safida darvozabonlar murabbiyi sifati ishlash huquqiga ega.
Qayd etish lozimki, u Angliya chempioni safida “Eybar”dagidan ko‘ra 2 barobar ko‘p maosh oladi.
Fikrlar