35 yoshli Nagelsmanni "Chelsi" rahbariyati suhbatga chaqirdi

  • 14 aprel, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" rahbariyati yaqindagina “Bavariya”dan iste’foga chiqarilgan germaniyalik mutaxassis Yulian Nagelsmanni suhbatga taklif qildi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli mutaxassisga London klubi rahbariyati bilan shaxsan uchrashish va o‘z g‘oyalarini taqdim etish uchun imkoniyati beriladi.

Bundan bir hafta oldi Luis Enrike “aristokratlar” rahbariyati bilan ana shunday suhbatdan o‘tgan edi. Qayd etilishicha, ispaniyalik mutaxassis “Chelsi” rahbariyatida yaxshi taassurot qoldirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!