
36 yoshli Riberi A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Fiorentina” klubi yarim himoyachisi Frank Riberi Italiya A Seriyasining o‘tgan sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘tgan oy chempionatning 5ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Riberi “binafsharanglilar” safiga o‘tgan yoz erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar