
37 yoshli Robben yana terma jamoaga qaytmoqchi?!
"Groningen" klubida faoliyatini davom ettirayotgan afsonaviy yarim himoyachi Aren Robben yana Gollandiya terma jamoasi safiga qaytishi mumkinligini inkor etmadi.
“Evro-2020”ga borish – hozirgi kunda o‘z oldimga qo‘ygan eng katta orzum. Hozir to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu musobaqaga borishni xohlayman, deb aytmayman, biroq De Bur chaqirsa, men rozi bo‘laman”, - dedi 37 yoshli futbolchi.
Robben 2019 yilda faoliyatini yakunlagan edi. Ammo oradan 1 yil o‘tib, yana katta futbolga qaytganini e’lon qildi. U joriy mavsum "Groningen" safida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Gollandiya terma jamoasi “Evro-2020”ning guruh bosqichida Ukraina, Avstriya va Shimoliy Makedoniyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar