
4, 5, 16 - "Paxtakor"ning bugungi o‘yinidan oldingi raqamlar. Bu nimani anglatadi?
10 aprel kuni tunda "Paxtakor" Buraydada "Al-Ta’avun" jamoasi bilan OChL doirasida maydonga tushadi. Toshkentliklar matbuot xizmati uchrashuv oldidan ma’lumotlarni taqdim etdi.
Saudiya Arabistoni klublariga qarshi Osiyo klublar musobaqalarida "sherlar" 25 bahsda maydonga tushgan ("Al-Hilol" bilan 2020 yilgi bahslar natijasi bekor qilingani sababli bu ro‘yxatga kiritilmagan - 1:2 va 0:0). Ularda 4 g‘alaba, 5 durang va 16 mag‘lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 19 bor ishg‘ol qilinib, 50 marta to‘p o‘tkazib yuborilgan. Jami 6 raqibga qarshi to‘qnashuvlar kuzatilgan. "Paxtakor" o‘zbek klublari orasida Saudiya Arabistonida zafar quchgan yagona jamoa sanaladi. "Al-Ta’avun" bilan "Paxtakor" to‘qnash kelmagan.
Saudiya Arabistoni klublariga qarshi qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Al-Ahli - 2:1, 0:3, 1:0, 1:2
Al-Ittifoq - 2:1, 1:0, 0:2
Al-Ittihod - 0:3, 0:1, 1:1, 0:4, 0:4, 1:2
Al-Nasr - 2:2, 0:4
Al-Hilol - 0:2, 0:2, 1:1, 0:2, 2:2, 1:4
Al-Shabab - 1:3, 1:2, 2:2, 0:2
Fikrlar