O'zbekiston mana shu futbolchilar sabab yutqazdi!
O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatida maydonga tushdi. Debyut Kolumbiyaga qarshi mag‘lubiyat bilan boshlandi, ammo o‘yin sifati bo‘yicha o‘zbekistonliklar favorit deb baholanaotgan raqibdan qolishmadi. Ayniqsa, Abbos Fayzullaevning jahon chempionatidagi ilk goli alohida e’tirofga loyiq.
Shunga qaramay, guruh bosqichining birinchi turi O‘zbekiston uchun mag‘lubiyat bilan yakunlandi. Endi esa shu natijani qaysi kolumbiyalik futbolchilar yaratganini ko‘rib chiqamiz.
Kolumbiya terma jamoasining qaysi o‘yinchilari JCh-2026 dagi debyut g‘alabasiga eng katta hissa qo‘shdi? Xorij nashrlari Nestor Lorenso shogirdlariga o‘yin uchun subyektiv baho qo‘ydi. Asos sifatida o‘n ballik tizim qo‘llanildi.
O‘ZBEKISTON – KOLUMBIYA O‘YININING ENG YAXSHI TO‘RT FUTBOLCHISI
KUCHO ERNANDES – 7,5. U ikki marta qarshi hujum paytida muvozanatini yo‘qotdi, lekin har safar kurashni davom ettirib, qanotda to‘pni qaytarib oldi va golli uzatma berishga ham kuch topdi. Murabbiy ishonagan 10 daqiqa ichida Kucho juda jangovar o‘yin namoyish etdi.
GUSTAVO PUERTA – 7,5. Gustavo Puerta esa undan oldingi 80 daqiqa davomida maydonda bo‘lib, xuddi shunday jangovar assist bilan yodda qoldi. Aslida, golni aynan o‘zi yaratdi: maydon markazida Shukurovdan to‘pni tortib oldi va kesuvchi pas orqali Luis Diasni hujumga olib chiqdi.
DANIEL MUNYOS – 8,0. Kolumbiya terma jamoasining o‘ng qanot himoyachisi hisobni ochgan golni juda chiroyli zarba bilan urdi. Shundan so‘ng u o‘z qanotida O‘zbekistonni qattiq bosim ostida ushladi. O‘z yo‘lagini butunlay yutdi – uchta to‘pni to‘sib qoldi, ikki marta to‘pni tortib oldi, to‘rtta yakkakurashning uchtasida g‘olib chiqdi.
LUIS DIAS – 9,0. O‘yning bosh qahramoni va O‘zbekiston uchun “qattiq sinov” bo‘lgan futbolchi – "Bavariya" vingeri Luis Dias. Uning hisobida chuqurdan berilgan ajoyib uzatma borki, aynan shu pasdan so‘ng Munyos gol urdi. Shu bilan birga, Dias o‘yinga nuqta qo‘ygan g‘alabali golni ham Xusanov orqali aniq zarba bilan yo‘lladi.
“Gol+pas” ko‘rsatkichi Diasni baribir uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisiga aylantiradi, ammo u bunga qo‘shimcha ravishda pressingda ham ulkan hajmda ish bajardi – raqib yarim maydonida uch marta to‘pni qaytarib oldi, 12 ta yakkakurashning 8 tasida ustun keldi.

Fikrlar