40 yoshli Buffonga xaridor chiqdi

  • 16 aprel, 2018, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum yakunlangach erkin agentga aylanadigan “Yuventus” posboni Janluiji Buffon faoliyatini Argentina chempionatida davom ettirishi mumkin.

Radio Continental tarqatgan xabarga ko‘ra “Boka Xuniors” 40 yoshli italiyalik darvozabon bilan yarim yillik shartnoma imzolashga tayyor. Ayni damda ushbu jamoa sharafini himoya qilayotgan Karlos Teves o‘zining “Yuve”dagi sobiq jamoadoshini ushbu taklifga ko‘ndirishga urinib ko‘rmoqchi. Buenos-Ayres klubi esa tajribali posbon ko‘magida Libertadores kubogini qo‘lga kiritmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Buffon yozda futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!