“Barsa”: Yamal bilan raqobatlashishga aqling etsa, bizga o‘t!

  • 21 may, 08:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniya klubi mutasaddilari nazariga Frantsiya chempionatida “Monako” jamoasida o‘ynayotgan hujumkor futbolchi Magnes Akliush tushdi.

Tecno

Sport.es saytining yozishicha, 23 yoshli futbolchining o‘zi ham anchadan beri “Barselona”ga o‘tishni orzu qilayotgan ekan.

Shunga qaramay, joriy mavsum chempionlikka yaqin turgan “Barselona” frantsiyalik o‘yinchini olishga o‘shoshilmyapti. Chunki bu transfer ortidan manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqadi.

Akliush o‘ynaydigan pozitsiyani “Barselona”da Lamin Yamal o‘ziniki qilib olgan. Frantsiyalik futbolchi nima qilgan taqdirda ham 17 yoshli Yamaldan hujumning o‘ng qanotini tortib ololmasa kerak.

Akliush joriy mavsum barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda qatnashib, ettita gol va 12 ta assist muallifi bo‘ldi. “Monako” bu o‘yinchi bilan 2028 yilning yarmiga qadar davom etadigan shartnomaga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!