
43 yoshli o‘zbek MMA namoyondasi yana jang qilmoqchi yoxud uning Zubayra Txugov bilan jangi nega bo‘lmagandi?
O‘zbek MMA olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 43 yoshli Ayubxon Kamalov yana jang qilish istagida ekanligini bildirdi.
- Men har doim tabiiy mashg‘ulotlar olib borganman. Shuning uchun organizmni charchatib qo‘yganman deb o‘ylamayman. Hozirda ham jismoniy holatim ajoyib ko‘rinish olgan. Agar, imkoniyat berilsa, yana yurtimiz sha’nini munosib himoya qila olaman va buni uddalayman. Sababi, o‘zimga ishonaman! Qozog‘istonda jang qilib yurgan vaqtimiz, sharoitlar yaxshi bo‘lmagan, tirikchilik uchun katta tavakkal qilib, jang o‘tkazardik. Hozirda esa, barchasi yaxshi ko‘rinish olgan. Qisqa qilib aytganda, mashg‘ulotlar olib borish uchun hamma sharoitlar bor. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish mumkin. Faoliyatim mobaynida juda kuchli jangchilarga to‘qnash kelganman. O‘z vaqtida o‘sha rossiyalik Zubayra Txugov bilan ham jang qilishim kerak edi. Adolatsizlik tufayli Kuat Xamitov bilan jangimda g‘alaba unga berilib, yakunda Txugov bilan u oktagonga chiqqan edi. Demoqchimanki, hozirda ham MMA dagi tajribam asqotib, yaxshi natijalar qayd eta olaman!
Fikrlar