
48 yoshli Simeone beshinchi bor ota bo‘ldi (foto)
Argentinalik mutaxassisning rafiqasi Karla Pereyra qiz farzandni dunyoga keltirdi. Chaqaloqqa esa Valentina deb ism qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, Simeonening uch nafar o‘g‘li bor - Jovanni, Janluka va Juliano. Shuningdek Franchesko ismli qizi ham bor.
Jovanni va Janluka professional futbolchilar sanaladi. Katta Simeone "Fiorentina"da, Janluka esa "Ximnasiya Esgrim" klubi safida to‘p tepadi.
Fikrlar