
50 ming futbolchi Messiga bas kelolmadi
FootballCritic portali o‘zi kashf qilgan maxsus algoritmlar orqali har hafta dunyoning ayni paytdagi eng zo‘r futbolchisini aniqlab boradi. Ushbu portal ro‘yxatida dunyo bo‘yicha 50 ming nafar futbolchi kiritilgan.
Yangi reytingda birinchi o‘rin Lionel Messiga nasib qildi. Keyingi o‘rinlarni Muhammad Saloh va Neymar egalladi.
Portal talqiniga ko‘ra, eng kuchli futbolchilar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Lionel Messi («Barselona»)
- Muhammad Saloh («Liverpul»)
- Neymar (PSJ)
- Erling Xoland («Borussiya» Dortmund)
- Robert Levandovski («Bavariya»)
- Kilian Mbappe (PSJ)
- Karim Benzema («Real»)
- Krishtianu Ronaldu («Yuventus»)
- Romelu Lukaku («Inter»)
- Joshua Kimmix (Bavariya»)
Fikrlar