
57 daqiqa o‘ynagan futbolchi yangi jamoadan taklif oldi
“Fiorentina” klubi “Real”ning 25 yoshli himoyachisi Alvaro Odriosolani transfer qilishni istamoqda.
Italiyaliklar ispaniyalik futbolchini yaqinda “Marsel”ga o‘tib ketgan Pol Lirolaga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi. Zidan mavsum boshida Odriosolani Madridda olib qolgan bo‘lsa-da, unga imkoniyat bermayapti.
Alvaro joriy mavsumda bitta uchrashuvda 57 daqiqa o‘ynadi xolos. Zidan bu futbolchini ham klubdan ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritgan.
Fikrlar