Bunday darvozabonni qoʻldan chiqarib boʻlmaydi

  • 01.01.2026 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yanvar oyidagi transfer bozorida eng ko‘p nomi yangrayotgan charm to‘p ustalaridan biri “Barselona” golkiperi Mark-Andre ter Shtegen bo‘lib turibdi.

Tecno

2014 yildan beri kataloniyaliklar darvozasini qo‘riqlab kelayotgan nemis posboni jamoani hamyurti Hans-Diter Flik qabul qilib olganidan keyin asosiy tarkibdagi o‘rnidan ajraldi.

Endi jarohatidan qutilib, maydonga qaytgan 33 yoshli darvozabon o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.

Jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, ter Shtegen ayni paytda olti klubning diqqat markazida. Ushbu ro‘yxatdan “Bavariya”, “Jirona”, “Tottenxem”, “Aston Villa”, “Yuventus” va “Chelsi” kabi jamoalar o‘rin olgan.

Mark-Andre ter Shtegenni Transfermarkt mutaxassislari 7 million yevro deb baholashmoqda. Futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!