9 ta jamoa bosh murabbiylari Fayzullaevni tanladi!

  • 29 may, 2024, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va TsSKa hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasining 2023-2024 yilgi mavsumi yakuniga ko‘ra, “Winline Rossiya Premer-ligasi qahramonlari”, deb nomlangan tanlovda g‘oliblar qatoridan joy olgani haqida xabar bergan edik.

20 yoshli futbolchimiz “Mavsumning eng yaxshi futbolchisi” va “Mavsum kashfiyoti” yo‘nalishlarida tanlovning final bosqichida ishtirok etdi.

Tanlov bir necha bosqichda o‘tkazilib, ovoz berishda futbol jamoatchiligining barcha qatlamlari – jurnalistlar, blogerlar, muxlislar, ekspertlar, jamoalar bosh murabbiylari va sardorlari qamrab olindi.

Dastlabki bosqichlarda saralanib, yakuniy qismga etib kelgan nomzodlar orasidan g‘oliblarni jamoalar bosh murabbiylari va sardorlari aniqlab berdi.

Abbosbek Fayzullaev “Mavsumning eng yaxshi futbolchisi” yo‘nalishida yakuniy o‘ntalikdan joy oldi. Ikkinchi yo‘nalish – “Mavsum kashfiyoti” nominatsiyasida hamyurtimiz g‘olib bo‘ldi.

“Mavsum kashfiyoti” nominatsiyasining yakuniy bosqichida uch nafar futbolchi – TsSKA vakili Abbosbek Fayzullaev,  “Dinamo Moskva” legioneri Bitello va “Krilya Sovetov” o‘yinchisi Nikita Saltikov nomzodi ko‘rsatilgan.

Bu yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan Abbosbek Fayzullaevga Premer-ligada ishtirok etgan 16 klubdan to‘qqizta jamoaning bosh murabbiylari ovoz bergani ma’lum bo‘ldi. Hatto, Rossiya chempionliga sazovor bo‘lgan “Zenit” bosh murabbiyi Sergey Semak ham mavsum kashfiyoti sifatida o‘zbek legionerini tan oldi.

Semakdan tashqari, hamyurtimizga Vladimir Fedotov (TsSKA), Rashid Rahimov (“Rubin”), Magomed Adiev (“Axmat”), Mixail Galaktionov (“Lokomotiv”), Viktor Goncharenko (“Ural”), Vladimir Slishkovich (“Spartak”), Murad Musaev (“Krasnodar”) va Sergey Ignashevich (“Baltika”) ovoz berdi.

Bosh murabbiylardan to‘rt nafari Nikita Saltikovni, uchtasi Bitelloni  tanladi.

Premer-liganing 16 nafar sardoridan eng ko‘p – sakkiz nafari Abbosbek Fayzullaev mavsumning asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etdi. Igor Akinfeev (TsSKA), Duglas Santos (“Zenit”), Oleg Ivanov (“Rubin”), Danil Glebov (“Rostov”), Kirill Gotsux (“Nijniy Novgorod”), Irakliy Kvekveskiri (“Fakel”), Denis Kulakov (“Ural”), Kristiyan Bristovich (Baltika) o‘zbek futbolchisiga ovoz berdi.

Raqobatchilardan Nikita Saltikov jamoalar sardorlarining oltitasiga ma’qul kelgan bo‘lsa, Bitello tarafdorlari ikki nafar bo‘ldi.

Fayzullaev nufuzli jamoadan joy oldi!

Husanov o‘rniga Umar!

Legionerimiz 30 metrdan super gol urdi. Bu birinchisi!

Xorijlik futbolchilar Fayzullaevga qanday baho berdi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!