
92-daqiqadagi gol Ispaniyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va jamoa Evro-2020 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi
Evro-2020 saralash bosqichining 8-turida Ispaniya mehmonda Shvetsiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Bellashuvda shvedlar 1:0 hisobida oldinda borishayotgan edi va 92-daqiqada mehmonlar vakili Rodrigo gol urishga erishib, ispanlarni Evro-2020 ga olib chiqdi.
Shvetsiya – Ispaniya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 50 Berg, 1:1 – 90 Rodrigo.
Shvetsiya – Olsen, Grankvist, Bengtsson, Lindelef, Lyustig, Forsberg, Ekdal (Svensson, 83), Larsson, Olsson, Kvayson (Isak, 77), Berg (Andersson, 90).
Ispaniya – De Xea (Arrisabalaga, 60), Albiol, Martines, Bernat, Karvaxal (Navas, 81), Rodri Ernandes, Alkantara (Rodrigo, 66), Sebalos, Fabian Ruis, Oyarsabal, Jerar Moreno.
Ogohlantirishlar: Sebalos (69), Fabian Ruis (80), Olsson (81), Rodri Ernandes (89), Berg (89).
Fikrlar