Ana tezlik! Husanov Mbappedan ancha o‘zib ketdi!
FIFA 2026 yilgı jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turidan keyingi statistikani e’lon qildi. Unda eng yuqori tezlik qayd etgan futbolchilar ro‘yxati ham alohida taqdim etildi.
“K” guruhida birinchi turda Kolumbiyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda to‘liq o‘ynagan “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov turnirning eng tezkor uch nafar futbolchisi qatoriga kirdi.
Ilk uchrashuvda 22 yoshli Husanov qayd etgan eng katta tezlik soatiga 36,5 kilometrni tashkil qildi. Uning “Manchester Siti”dagi jamoadoshi Erling Holand ham Norvegiya terma jamoasi safida huddi shunday tezlikka erishdi. Bir jamoaning bir xil ko‘rsatkich qayd etgan ikki futbolchisi FIFA reytingida ikkinchini pog‘onani bo‘lishib turibdi.
Bu ikki “shaharlikni” tezlik borasida faqat bir futbolchi Avstraliya terma jamoasi vakili Jordan Bos ortda qoldirdi. Uning tezligi soatiga 36,7 kilometrga teng bo‘ldi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston vakili jahon futbolidagi qator mashhur yulduzlarni ham ortda qoldirganini ta’kidlash lozim. Jumladan, u Janubiy Koreya hujumchisi Son Hyun Mindan (35,2 km/soat), shuningdek Fransiya terma jamoasi yulduzi Kilian Mbappedan (35,1 km/soat) tezroq harakat qildi.
“JCh–2026” birinchi turidagi eng tezkor futbolchilar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Jordan Bos (Avstraliya) — 36,7 km/soat
- Erling Holand (Norvegiya) — 36,5 km/soat
- Abduqodir Husanov (O‘zbekiston) — 36,5 km/soat
- Muhammad Ture (Avstraliya) — 35,8 km/soat
- Rayan Gravenberh (Niderlandiya) — 35,6 km/soat
- Alan Minda (Ekvador) — 35,5 km/soat
- Son Hyun Min (Janubiy Koreya) — 35,2 km/soat
- Jed Spens (Angliya) — 35,2 km/soat
- Kilian Mbappe (Fransiya) — 35,1 km/soat
- Pedru Netu (Portugaliya) — 34,8 km/soat
O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 23 iyun kuni Krishtianu Ronaldudan yetakchiligidagi Portugaliya futbolchilariga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Shomurodov bizga gol urgan! Yana bir superklub Eldor uchun kurashga qo‘shildi
Ekspert: Husanov hozir Ronaldudan kuchli!
Faizullaev bir gol bilan kolumbiyalik qizlar yoqimtoyiga aylandi
O‘zbekistonning mag‘lubiyatdan keyingi ishi meksikaliklarni hayratga soldi

Fikrlar