A Seriya. Buffonning so‘nggi o‘yinida "Yuventus" g‘alaba qozondi

  • 19 may, 2018, 20:01
  • 0
  • Futbol

Hozirgina Italiya A Seriyasi 38-turidan o‘rin olgan “Yuventus” hamda “Verona” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.

Janluidji Buffonning “keksa sinora” safidagi so‘nggi o‘yinida turinliklar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Buffonning o‘zi esa 63-daqiqada muxlislar olqishi ostida maydonni tark etdi.

Italiya A Seriyasi. 38-tur

Yuventus – Verona 2:1 (0:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 49 Rugani, 2:0 – 52 Pyanich, 2:1 – 76 Cherchi.

Yuventus – Buffon (Pinsolo, 63), Bardzali, Aleks Sandro, Lixtshtayner, Rugani, Markizio, Pyanich, Sturaro (Bentankur, 44), Duglas Kosta (Iguain, 66), Dibala, Mandjukich.

Verona – Nikolas, Ferrari, Karachcholo (Bearzotti, 46), Suprean, Fares, Aarons (Sukulini, 62), Romulo, Dantsi, Fossati, Rider Matos (Petkovich, 81), Cherchi.

Ogohlantirishlar: Fares (51), Fossati (58).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!