Husanovning ortidan yana bir futbolchi “Lans”ga boradi

  • 17 may, 2024, 15:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘tgan yili yozda Frantsiya chempionatining kuchli jamoalaridan biri “Lans” o‘zbek futbolchisi Abduqodir Husanovni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi.

Bu transfer bir necha jihatdan tarixiy bo‘ldi.

Birinchidan, Abduqodir kuchli beshlik chempionatlari qatorida tilga olinadigan Frantsiya chempionatida o‘ynagan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi.

Ikkinchidan, Husanov "Energetik-BGU" vakili sifatida Belarus oliy ligasidan Frantsiyaga yo‘l olgan birinchi o‘yinchi sifatida Belarus futboli tarixiga ham o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.

Uchinchidan, joriy mavsumda  20 yoshli markaziy himoyachimiz  UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi va Evropa Ligasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik yagona o‘yinchi sifatida qayd etildi.  

“Lans”ning bu qarori o‘zini oqladi. Abduqodir Husanov Liga 1 uchrashuvlarida yuqori saviyada o‘ynadi. Evropa Chempionlar ligasi va Evropa Ligasida ikkitadan o‘yinda qatnashdi.

20 yoshli himoyachimiz Belarus chempionatida pishgan futbolchilar ham kuchli ligalarda o‘ynab keta olishini isbotladi.

Buni inobatga olib, “Lans” mutasaddilari Belarus chempionatidan yana bir yosh himoyachini transfer qiladigan bo‘ldi. Bu gal lansliklar BATE jamoasining senegallik legioneri Sidi Beynni tanladi.

Frantsiya klubi afrikalik 20 yoshli markaziy himoyachiga 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma taklif qilmoqda. Bu transfer taxminan 300 ming evro atrofida baholanyapti.

Foot Mercato nashrining yozishicha, “Lans”ning uzoq muddatli kuzatuvida skautlarda yaxshi taassurot qoldirgan Sidi Beynning o‘zi ham “Lans” chorlovini qabul qilgan va tez orada jamoa bilan shartnoma tuzishga umid qilmoqda.

Sidi Beyn Belarus chempionatiga 2022 yilning aprelida Senegalning “USP Goureye” klubidan ko‘chib o‘tgan.

Iqtidorli himoyachi Belarusning ichki musobaqalari va Evropa maydonidagi xalqaro turnirlarda jami 46 martoba maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta gol yozdirib qo‘ydi.

Ekspertlar Husanovning kuchli tomonini topdi, bosh murabbiy fikrini aytdi!

Ana xolos: Fayzullaev Messi bilan o‘ynamoqchi!

Fayzullaevga tanqid qanday ta’sir qildi?

Shomurodov nomini tarixga muhrladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!